Diqqat
Xabaringiz bor, Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali davlat fuqarolik xizmatidagi vakant lavozimlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Portal faoliyati xorijiy tajriba, nomzodlar va jamoatchilik takliflari asosida takomillashib bormoqda. Ayni damda ochiq tanlovlarning test bosqichi ishtirokchilari uchun test savollari to‘plami:
◽️ milliy qonunchilik;
◽️ davlat tili;
◽️ axborot kommunikatsiya texnologiyalari;
◽️ mantiqdan iborat.
Tanlovlarning test bosqichi Agentlikning test.argos.uz platformasi orqali o‘tkazilmoqda. Unda 40 ta savol berilib, 100 ball tizimida baholanadi.
Nomzod tomonidan test sinovlari umumiy ko‘rsatkichining kamida 56 foiziga teng ball to‘planishi, tanlovning keyingi bosqichiga o‘tishi uchun asos bo‘ladi.
Test sinovi davomida nomzodga yuqoridagi har bir yo‘nalish bo‘yicha 10 tadan jami 40 ta savol taqdim etiladi hamda javoblarni belgilash uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
Aytgancha, yana bir qulaylik. Endilikda davlat xizmatidagi vakant lavozimlar uchun o‘tkazilayotgan tanlovlarning test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish osonlashgan. Testlar bankidagi savollardan namunalar vacancy.argos.uz portalining "Test savollari" bo‘limida (https://vacancy.argos.uz/questions) joylashtirilgan. O‘z bilimingizni sinab borishingizni tavsiya etamiz!