Sektorlar faoliyatiga ko‘mak

14:46 - 20 Oktabr 2020 Yangiliklar
389

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari tomonidan yangi tayinlangan rahbarlarni o‘z vazifasiga qisqa muddatda kirishib ketishi, jamoaviy ishchi muhitini va hamjihatlikni yaratish, hududda sektorlar faoliyatida bog‘liqlikni yo‘lga qo‘yish orqali samaradorlikka erishish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday seminarlardan biri joriy yilning sentyabr oyida Andijon viloyatining Asaka tumani hokimligida ham tashkil etilgan edi.

Seminar davomida sektor rahbarlari faoliyatida aniq maqsad va vazifalar orqali ish olib borilishini taʼminlash maqsadida “90 kunlik yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, shu bo‘yicha ish olib borilayotgan edi. 


Bugun agentlik masʼullari Asaka tumanida sektor rahbarlarining ish faoliyati samaradorligini o‘rganish yuzasidan joyiga chiqib, o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.


Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati

Chop etish