Tanlovning birinchi bosqich natijalari

15:52 - 7 Dekabr 2020 Yangiliklar
1031

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan agentlik filiallarida mavjud 10 ta vakant lavozimlarni eng munosib va bilimli kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida eʼlon qilingan ochiq mustaqil tanlovning birinchi bosqichi (hujjat topshirish va nomzodlarni malaka talablariga mos keligini o‘rganish bosqichi) yakunlandi.

Tanlov jarayonlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, 15 kunlik hujjat qabul qilish jarayonida agentlikning https://vacancy.argos.uz/ portali orqali jami 458 nafar fuqarodan tanlovda ishtirok etish uchun arizalar kelib tushgan.


 Mazkur arizalardan 21 tasi nomzodlar tomonidan bekor qilingan.


Tanlovda ishtirok etish maqsadida bo‘lgan 437 nafar nomzodlardan 229 nafari eʼlon qilingan vakant lavozimlar uchun belgilangan malaka talablariga mos kelganligi bois keyingi bosqichga o‘tkazildi. 


208 nafar nomzod vakant lavozim uchun belgilangan malaka talablariga mos kelmaganligi uchun keyingi bosqichga o‘tkazilmadi.

Tanlovning mazkur bosqichdagi natijalari haqida 2020-yilning 4-dekabr kuni barcha tanlov ishtirokchilariga portal orqali javob xati yo‘llandi.


Tanlovning keyingi bosqichiga o‘tgan nomzodlar diqqatiga!


2020-yilning 10-11-dekabr kunlari nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichi – test topshirish jarayonida ishtirok etadilar. 


Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati


Agentlik rasmiy kanali https://t.me/argos_uz

Chop etish