“Sektor.argos.uz” elektron tizimi sektorlar faoliyatida samaradorlik ortishiga xizmat qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali va Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 23-yanvar kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi binosida viloyat, tuman va shahar 3-sektor kotiblari hamda tegishli mutasaddi viloyat tashkilotlari ishtirokida hududlarda sektorlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga bag‘ishlangan trening tashkil etildi.
Mazkur o‘quv-seminar treningda sektor rahbarlari tomonidan olib borilayotgan eng asosiy ko‘rsatkichlarini baholash (reyting) tizimining 15 ta mezoni, ularni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad, ijrosini taʼminlash bo‘yicha qo‘yiladigan talablar keng muhokama qilindi.
Tadbir avvalida, Agentlik hududiy filiali rahbari R.Qobilov sektorlar faoliyatini 15 ta mezonlar asosida baholash tizimini yuritish, mezonlar bo‘yicha ishni rejalashtirish, “Saxovat.argos.uz” va “Sektor.argos.uz” elektron tizimidan foydalanish, maʼlumotlarni kiritish tartibi, yoshlar va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dasturlar ijrosi yuzasidan vujudga kelayotgan masalalarni hal etish choralari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida tegishli mutasaddi tashkilot rahbar xodimlari tomonidan qilingan ko‘rgazmali materiallar, slaydlar asosida tayyorlangan maʼruzalari tinglandi.
Ochiq ruhda o‘tgan tadbir davomida uchrashuv ishtirokchilari tomonidan sektorlar faoliyatida duch kelinayotgan muammolar va ularning yechimlarini taʼminlash xususidagi fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Tadbir so‘nggida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tuman va shahar 3-sektorlari kotiblari tomonidan olib borilayotgan faoliyatini baholashning eng asosiy ko‘rsatkichlarini har oyda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida muntazam muhokama qilib borilishiga hamda sektor kotiblari faoliyati davomida duch kelayotgan muammolarga birgalikda yechim topishga kelishib olindi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati