Vakant lavozimlar yagona ochiq portali orqali ishga kirish uchun 97 000 nafar nomzod ariza topshirdi
Vakant lavozimlar yagona ochiq portali orqali ishga kirish uchun 97 000 nafar nomzod ariza topshirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-sonli Farmoniga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish belgilangan.
Shu maqsadda, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vacancy.argos.uz portali ishga tushirildi.
Portal orqali bugungi kunga kelib, respublikaning 60 ta vazirlik, idoralari hamda 206 dan ortiq tuman (shahar) hokimliklardagi mavjud 5 732 ta vakant lavozimlar bo‘yicha tanlov eʼlon qilindi. Ushbu vakant lavozimlarga 97 000 nafar nomzod tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirildi.