Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi

18:59 - 31 Avgust 2021 Yangiliklar
1750

Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan marosimda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati, Markaziy apparat masʼul xodimlari, “ZOOM” platformasi orqali esa hududiy filiallar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida davlatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yagona davlat siyosati, tizimda erishilayotgan natijalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.


Mustaqillik, tinch va farovon kunlarning taraqqiyot, xalqimiz hayoti, yoshlarimiz kamolotidagi o‘rni eʼtirof etildi. Yig‘ilganlar so‘z olib, bugungi keskin islohotlar davrida har bir davlat xizmatchisi oldida turgan dolzarb masalalar haqida fikr-mulohazalarini bildirishdi.


Munosib rag‘bat — samarali faoliyat


Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi tegishli Farmoni asosida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi.


🔸Mukofotlanganlar orasida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari borligi jamoamizni quvontirdi.


Tadbirda Agentlik markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlarga maxsus ko‘krak nishonlari topshirildi.

Shuningdek, tizimdagi fidokorona va faol mehnati uchun bir guruh tizim masʼul vakillari ham "Faxriy yorliq" bilan taqdirlandi.

Chop etish