“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi

17:17 - 10 Dekabr 2021 Yangiliklar
723

Ushbu qonun loyihasi davlat fuqarolik xizmati sohasida qonuniylik, ochiqlikni taʼminlash hamda bu sohada korrupsion holatlarni oldini olishga yo‘naltirilgan samarali mexanizmlarni huquqiy mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Loyiha 10 ta bob, 65 ta moddadan iborat bo‘lib, quyidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan:

 ✔️Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning umumiy qoidalari;

✔️Davlat fuqarolik xizmatini tartibga solishda davlat organlarining asosiy vazifa va vakolatlari;

✔️Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi, ularning huquqlari, majburiyatlari va xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar;

✔️Davlat fuqarolik xizmati tizimida korrupsiyaning oldini olish choralari;

✔️Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash tartibining yagona mezonlari;

✔️davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestrini yuritishning huquqiy asoslari;

✔️davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy himoyasining kafolatlari;

✔️davlat fuqarolik xizmati tizimida milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritishning umumiy asoslari.

Loyihani ishlab chiqishda Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Malayziya, Fransiya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning ushbu sohadagi qonunlari tahlil qilindi, tajribasidan foydalanildi. Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlarning xulosalari olindi.

Chop etish