Ochiq tanlovlar test savollari vacancy.argos.uz portaliga joylashtirildi

10:43 - 7 May 2022 Yangiliklar
14765

Ochiq tanlovlar nomzodlari hamda ko‘psonli davlat xizmatchilarining murojaatlarini inobatga olgan holda Davlat fuqarolik xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli — test.argos.uz platformasidagi savollarning bir qismi vacancy.argos.uz portaliga joylashtirildi.

Endilikda sizda portalning bosh menyusidan "Test savollari" bo‘limiga kirish (https://vacancy.argos.uz/questions) orqali to‘rtta yo‘nalishdagi (axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, maʼnaviyat hamda siyosiy-huquqiy) savollar bilan tanishish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, test savollari doimiy ravishda yangilanib, qo‘shimcha savollar bilan to‘ldirib boriladi.

Chop etish