Professional bilim va tajribaga ega bo‘lish, har bir rahbar oldiga qo‘yilgan muhim vazifadir

19:32 - 10 Fevral 2020 Yangiliklar
627

Xabaringiz bor, joriy yilning 27-yanvaridan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari, tuman-shahar hokimlari ishtirokida malaka oshirish o‘quv-seminari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur o‘quv-seminarining birinchi bosqichida Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining hokim o‘rinbosarlari va tuman-shahar hokimlari o‘z bilim va malakalarini oshirgan bo‘lsa, o‘quv-seminarining 7-yanvarda boshlangan ikkinchi bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, ushbu hududlardagi tuman-shahar hokimlari ishtirok etmoqda.


Navbatdagi o‘quv-seminari ham birinchi bosqichdagi kabi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tkazilmoqda. Eng asosiysi, mashg‘ulotlar davomida maruzachilar hamda tinglovchilar o‘zaro muloqot qilgan holda, muhim masalalarni muhokama qilmoqda. Eʼtiboringizga havola etilayotgan fotolavhada nazariy mashg‘ulot jarayonlari aks etgan.


O‘quv-seminarining amaliy mashg‘ulotlari aks etgan jarayonlari bilan keyingi “post”larimiz orqali xabardor etamiz.


Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati

Chop etish