HRM.ARGOS.UZ axborot tizimi taqdimot qilindi

09:38 - 22 Iyun 2022 Yangiliklar
17646

HRM.ARGOS.UZ axborot tizimi  - qog‘oz sarfini kamaytiradi, vaqtni tejaydi, kadrlar bilan ishlash jarayonini tezkor boshqarish imkonini beradi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari bo‘yicha yagona markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi.

Tizim orqali:

✅ zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari bo‘yicha yagona markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini tashkil etish;

✅ xodimlar bo‘yicha barcha maʼlumotlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish;

✅ kadrlar bo‘yicha barcha hisobotlarni avtomatlashtirilgan holda shakllantirish;

✅ Davlat organlari va tashkilotlarining Kadrlar bo‘limi faoliyatini avtomatlashtirish yordamida maʼlumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, izlashga sarflanadigan vaqtni 50% ga qisqartirish;

✅ kadrlar to‘g‘risida turli xil maʼlumotlarni, hisobotlarni qog‘oz ko‘rinishida yig‘ishni 60% qisqartirish hisobiga, ularni saqlash uchun ajratilgan joylarni 30% ga kamaytirish, qog‘oz sarfini 50% ga qisqartirish;

✅ Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi tashkilotlarning kadrlar bilan ishlovchi bo‘limlarini 100% ATda ishlashini va ularning samaradorligini taʼminlash;

✅ kadrlar bilan taʼminlanganlik bo‘yicha maʼlumotlarni yagona maʼlumotlar bazasida to‘plash va monitoring qilish imkoniyatini yaratish;

✅ kiruvchi maʼlumotlarni qayta ishlash, ularni kuzatib borish va tahlil qilish uchun sharoit yaratish;

✅ faoliyat natijalari bo‘yicha kadrlar bilan ishlash jarayonini tezkor boshqarish imkoniyatini taʼminlaydi.
 

Chop etish