Xususiy sektor vakili bo‘lsamda, davlat xizmati tizimini doimiy kuzatib boraman
Ochiq aytish kerak, keyingi yillarda yurtimizda fuqarolik xizmatiga kirish istagini bildirgan nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi.

Pirovardida, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollariga harakatchan, o‘z ustida ishlaydigan, sadoqatli kadrlar kirib keldi va endi ularning mehnat faoliyatida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar namoyon bo‘lmoqda, o‘xshatma qilib aytganda, “kadrlarning qoni tozalanmoqda”.
Prezidentimizning fikrlaridan tushunishimcha, galdagi vazifa — vazirliklar, qo‘mitalar va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi axborot tizimlarini yana-da zamonaviylashtirib, ochiq, sodda platformalar yaratish orqali xalq hayotini yengillashtirish va rozi qilish maqsad qilingan.
Nazira Muxitdinova,
IT Park Jizzax filiali direktori