Tanlovlarning suhbat jarayonida inson omili minimallashadi

15:22 - 6 Dekabr 2022 Yangiliklar
2654

 Bugun davlat organlari va tashkilotlaridagi kadrlar bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida onlayn ochiq muloqot tashkil etildi. Unda tanlovlarning suhbat bosqichini takomillashtirish muhokama markazida bo‘ldi.

Maʼlumki, Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali o‘tkaziladigan ochiq tanlovlar 3 bosqichda o‘tkaziladi: nomzodlarning arizalarini tegishli malaka talablari bo‘yicha o‘rganish, test sinovi hamda suhbat.

 O‘tgan davr mobaynida Agentlik davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda malaka talablarini yagona shakl asosida belgilash hamda test sinovi bosqichini maksimal darajada shaffof tarzda tashkil etishga qaratilgan qator loyihalarni amaliyotga tatbiq etdi.

Endilikda suhbat bosqichida ham inson omili minimallashtiriladi. Bu borada Agentlik ikkita yangilikni barcha tashkilotlarda joriy etmoqda:

Suhbat jarayonida nomzodlarga berilayotgan savollar vaznining teng bo‘lishini taʼminlash maqsadida barcha savollar yagona platformada tasodifiy tanlash (rendom) dasturi orqali beriladi.

Tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan suhbat jarayonida nomzodlarni onlayn baholash yo‘lga qo‘yiladi.

Ochiq muloqot davomida vazirlik va idoralar kadrlar bo‘linmalari rahbarlariga ushbu tizimlar bilan ishlash tartibi batafsil tushuntirib berildi.
 

Chop etish