Kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyat yagona platforma — hrm.argos.uz orqali yuritiladi
“Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qilindi.

Farmonga ko‘ra:
Byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yish maqsadida vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati yagona avtomatlashtirilgan platforma — hrm.argos.uz orqali yuritiladi.
Bunda platforma orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
➖ tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni to‘plash va unga ishlov berish;
➖ hrm.argos.uz va edo.ijro.uz axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilgan holda kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron shaklda yuritish;
➖ xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash;
➖ kadrlar bo‘yicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish.
Shuningdek, 2023-yil oktyabr oyiga qadar hrm.argos.uz tizimi orqali “UzASBO” dasturiy majmuasi, “E-qaror” tizimi “E-huquqshunos” tizimlariga maʼlumot kiritish imkoniyati yaratiladi.