Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish jarayonlari nazoratda: Call-markazlarga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinmoqda, yechim berilmoqda
Ayni damda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining markaziy apparati hamda hududiy filiallarida ochiq tanlovlar faoliyati yuzasidan ishonch telefonlari ishlab turibdi.

O‘tgan bir hafta davomida ushbu raqamlarga 78 ta murojaat kelib tushdi.
◽️Jumladan:
32 ta — platformada shaxsiy kabinet bilan bog‘liq bo‘lgan texnik muammolar;
6 ta — malaka talabiga mosligini ko‘rib chiqish muddati kechiktirilishi bo‘yicha;
10 ta — malaka talabi natijasidan norozilik bo‘yicha;
10 ta — test va suhbat bosqichini belgilash muddatlarining buzilishi bo‘yicha;
12 ta — suhbat bosqichini tashkil etilishidan norozi bo‘lib;
8 ta — suhbat natijasini shaxsiy kabinetga yuborish muddatini kechiktirilishi bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 10 tasi ijobiy hal etildi, 68 tasi huquqiy maslahat berish orqali qanoatlantirildi.
Hurmatli nomzodlar, jamoatchilik vakillari! Ochiq tanlovlar yuzasidan murojaatlaringiz bo‘lsa, bizga yo‘llang.
Xohishingizga binoan, shaxsingiz sir saqlanishini ham kafolatlaymiz.