vacancy.argos.uz — vakant lavozimlar yagona ochiq portalining yangi talqini ishlab chiqiladi
“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori (№492-son, 22.09.2023-y.) qabul qilindi.

❗️Qarorga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi va DXRA (ARGOS) tomonidan:
2023-yil 1-noyabrga qadar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq (vacancy.argos.uz) portalining yangi talqini ishlab chiqiladi.
▪️Shuningdek, davlat organlari rahbarlari:
2023-yil 1-oktyabrga qadar davlat organlarining markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarini elektron platforma (hrm.argos.uz)ga ulash choralarini ko‘radi.