Inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar hrm.argos.uz platformasida yuritiladi

17:07 - 28 Sentabr 2023 Yangiliklar
6502

​​​​​​​Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Davlat boshqaruvi akademiyasida maxsus o‘quv tashkil etildi.

Unda tashkilot rahbariyati, vakillari, vazirlik va idoralar kadrlar bo‘linmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi. Bir guruh sohaga oid mutaxassislar onlayn tartibda ishtirok etdi. 

O‘quvda “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror mazmun-mohiyati hamda inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlarni hrm.argos.uz platformasida shakllantirish va yuritish tartibi bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Ochilish marosimida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Xasanov masʼullar bilan muloqot qildi. Yagona elektron axborot tizimining asosiy prinsiplari yuzasidan muhim maʼlumotlarni berdi.

Taʼkidlash joizki, yuqoridagi qaror bilan hrm.argos.uz elektron platformasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

2023-yil 1-noyabrdan davlat organlari HR ga oid hujjatlarni yagona— hrm.argos.uz platformasida shakllantirish va yuritish belgilangan.

Kadrlarga oid hujjatlar my.mehnat.uz (davlat organi tuzilmasi, mehnat shartnomalari, qo‘shimcha bitimlar, vakansiyalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar), edo.ijro.uz (ichki idoraviy hujjat (buyruq, qaror va farmoyish)larni ijroga qaratish uchun), UzASBO (ish haqi va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun zarur maʼlumotlar) tizimlariga avtomatik yuboriladi.

Yangi tizim —  HR MANAGERda inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan 10 ga yaqin funksiya mavjud bo‘lib, hrm.argos.uz dasturi hisobotlarni avtomatik shakllantiradi, HR bo‘linmalari iqtisod qilingan 40 % ish hajmini ham xodimlarni rivojlantirishga sarflaydi.

◽️ HR bo‘linmalarining funksiya va vazifalari:

◽️ iqtidorli kadrlarni izlash;

◽️ xodimlarni tanlash;

◽️  kadrlarni rivojlantirish va o‘qitish;

◽️  moslashtirish;

◽️ KPI ishlab chiqish va baholash;

◽️ xodimlarning son va sifat tarkibi monitoring qilib borish;

◽️  xodimlarni motivatsiyalash (mukofotlash);

◽️  tashkilot madaniyatini shakllantirishdan iborat.

hrm.argos.uz platformasi to‘liq joriy qilinganda inson resurslarini boshqarishda quyidagi  imkoniyatlarga ega bo‘lamiz:

◽️vakant lavozimlar monitoring qilinadi;

◽️ tuzilmalar, shtatlar, bo‘linma va shtatlar, xodimlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar yagona bazada to‘planadi;

◽️ xodimlar davomati, tabeli, xizmat safari, mehnat taʼtili, mehnatga layoqatsizlik davri elektron qayd etiladi;

◽️  kadrlarga oid hujjatlar ERI bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali qabul qilinadi;

◽️ xodimlar faoliyati samaradorligini baholash imkoniyati yaratiladi (samaradorlik.uz)

◽️ avtomatik shakllangan maʼlumotlarni tahlil qilish vaqti 70% ga qisqaradi;

◽️  qog‘oz sarfi 90% ga qisqaradi.

O‘quv ishtirokchilariga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼullari tizimning qator qulayliklari haqida maʼlumot berdi. Platformani yuritish tartibi bo‘yicha taqdimot qilindi, ularni qiziqtirgan savollarga ja

Chop etish