Davlat fuqarolik xizmatchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish va baholash bo‘yicha Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

09:34 - 21 Dekabr 2023 Yangiliklar
2341

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti va Personalni boshqarish vazirligi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 

Maʼlumot uchun: 2023-yil oktyabr oyida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vazirligi hamda Institut o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolangan. 

Ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida Agentlik xodimlari va Davlat boshqaruvi akademiyasi professor o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli stajirovka kursi tashkil etildi. Maqsad – davlat fuqarolik xizmatchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish va baholash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish. 

Bugun delegatsiya Koreya Respublikasi rahbar kadrlarini baholash bo‘yicha Assessment markazida bo‘lishdi. Markaz faoliyati, shuningdek, kadrlarni kompetensiyalar asosida baholash mexanizmi bilan yaqindan tanishishdi. 

Sohaga oid qator uchrashuv va tadbirlarni o‘z ichiga olgan stajirovka dasturi joriy yilning 23-dekabriga qadar Seul shahrida davom etadi. 

Chop etish