Aksiyadorlik jamiyatida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun yaxshi yangilik!

09:45 - 19 Fevral 2024 Yangiliklar
2509

Endilikda Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida (https://vacancy.argos.uz/) sinov tariqasida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarning vakant lavozimlari uchun tanlovlar ham eʼlon qilib boriladi.

Dastlabki bosqichda "O'ztransgaz" AJ tizimidagi vakansiyalar uchun ochiq tanlovlar o‘tkaziladi. Nomzodlar vacancy.argos.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tib, ariza qoldirishlari mumkin. (https://vacancy.argos.uz/vacancies/vacancy-list?organization=17829) 

 Maʼlumot uchun: Tanlovning barcha bosqichlari aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkaziladi.

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos

Chop etish