“Mahalladan — respublikagacha” tamoyili asosida xotin-qizlar ham yuqori lavozimlarga tayinlanmoqda

11:40 - 11 Mart 2024 Yangiliklar
2308

​​​​​​Davlatimiz rahbari davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida dolzarb masalaga — davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o‘stirishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.


Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mazkur tizimning mexanizmlarini ishlab chiqdi, sinovdan o‘tkazdi. 

Yangi tizimga ko‘ra, mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan 1 000 nafari Salohiyatli kadrlar rezerviga saralab olindi.

Nomzodlar uchun maxsus Dastur tayyorlandi, malakasi oshirildi va ularni turli masʼul lavozimlarga tayinlash jarayonlari boshlangan.

Ayni damda xotin-qizlar orasidan masʼul vazifalarga tayinlangan nomzodlar haqida maʼlumot taqdim qilinmoqda.

Salohiyatli kadrlar rezervi haqida bu yerda o‘qing — https://argos.uz/uz/press-center/news/565

Chop etish