Navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchilari o‘zining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart ekanligi belgilangan.

Shu maqsadda, Samarqandda tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlariga biriktirilgan mutaxassislar uchun navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi.
O‘quv kurslari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan bo‘lib, unda hokimliklarning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga biriktirilgan mutaxassislar ishtirok etdi.
O‘quv dasturi tinglovchilarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi bilimlarni oshirishga, milliy qadriyatlarini mustahkamlashga hamda shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Maʼlumot uchun, o‘quv kurslari 2 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, 18 soatlik dastur asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Unda jami 105 nafar mutaxassis ishtirok etishi belgilangan.