Davlat xizmati samaradorligi — davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarligi, bilim va ko‘nikmasiga bog‘liq

15:46 - 10 May 2024 Yangiliklar
1808

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Agentlikning Buxoro viloyati filiali va Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tuman (shahar) hokimliklari tarkibiy bo‘linmalaridagi davlat fuqarolik xizmatchilari uchun sohaviy maxsus malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda.

Maqsad — tinglovchilar samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan siyosiy-huquqiy, kasbiy bilimlarini oshirish, keng jamoatchilik va aholi bilan samarali muloqot qila olish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. 

O‘quv kurslariga tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha,  oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hamda qishloq va suv ho‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga biriktirilgan jami 60 nafar mutaxassislar jalb etilgan.

Malaka oshirish kursining birinchi kunida professor-o‘qituvchilar hamda soha ekspertlari tomonidan auditoriyada dars mashg‘ulotlari, ikkinchi kuni alohida reja dastur asosida bevosita trening va amaliy mashg‘ulotlar shaklida o‘tkaziladi.

Chop etish