"Karyera kuni": Yoshlar ishli bo‘lsa, xalq farovonligi yana-da yaxshilanadi
NamMTIda tashkil etilgan "Karyera kuni" doirasidagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida shu haqda yoshlarga bildirildi.

Unda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali va universitet rahbariyati ishtirok etdi. Talabalarga davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirishning ochiq tanlov tizimi haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbirda 160 dan ortiq hamkor korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi 4 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Aytish kerakki, joriy yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini 1600 nafar bitiruvchi tamomlamoqda. 324 nafar talaba mazkur yarmarkada o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha korxona va tashkilotlardan ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmaga ega bo‘ldi.