“EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI 2024-YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVINI EʼLON QILADI!
❕“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib:

▫️bakalavriat taʼlim dasturi uchun 100 o‘rin,
▫️magistratura taʼlim dasturi uchun 250 o‘rin,
▫️doktorantura taʼlim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.
❗️Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi.
Tanlovga oid barcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil eʼlon qilib boriladi.
❗️Eʼtibor bering, admission.eyuf.uz onlayn qabul platformasi 2024-yil 25-iyundan boshlab hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi.
⚡️Qo‘shimcha savollarga javob olish uchun info@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilish mumkin.