"El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiati BMTda amaliyot o‘tamoqda

15:31 - 8 Iyul 2024 Yangiliklar
1700

Pensilvaniya universitetining (TOP-11-o‘rinda ) Davlat boshqaruvi yo‘nalishi magistratura bosqichida tahsil olayotgan Davron Abdurashidov BMT Bosh Assambleyasining Xalqaro davlat xizmati komissiyasida amaliyot o‘tamoqda.

Ushbu Komissiya BMT va unga kiruvchi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan xizmatchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash, samaradorligini oshirishga qaratilgan siyosatni yuritadi.

Davron Abdurashidov ushbu Komissiyada amaliyot o‘tayotgan birinchi o‘zbekistonlik hisoblanadi.

Hozirda stipendiat BMTda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Xalqaro davlat xizmati komissiyasi o‘rtasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish ustida ish olib bormoqda.

Komissiya aʼzolari  O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarga qiziqish bildirib, davlat xizmatida yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar kengayayotganini taʼkidlagan. 

Shuningdek, Komissiya aʼzolari "El-yurt umidi" jamg‘armasi faoliyatiga ham qiziqish bildirib, Davlat rahbari tomonidan bunday tashabbusning ilgari surilishi va siyosiy darajada qo‘llab-quvvatlanishini O‘zbekistonda yoshlarga bo‘lgan ijobiy munosabat, deb baholagan. 

Stipendiat Davron Abdurashidov Xalqaro davlat xizmati komissiyasida sohaga oid tajriba va ko‘nikmalarini oshirmoqda.  

Chop etish