Davlat fuqarolik xizmatida yangi texnologiyalar

15:33 - 15 Iyul 2024 Yangiliklar
2188

Ular kadrlar bilan ishlash jarayonini osonlashtirmoqda

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan quyidagi axborot tizimlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilmoqda:

Davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsiy “my.argos.uz” kabineti takomillashtirildi, natijada Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning o‘z shaxsiy rivojlanish rejasini shakllantirish va tahrirlash, Agentlik masʼul xodimi bilan kelishish, ushbu rejada belgilangan bandlarning ijrosi yuzasidan maʼlumotlar kiritish va uni monitoring qilib borish  imkoniyati yaratildi. 

II. Milliy kadrlar zaxirasi “zaxira.argos.uz” axborot tizimi ishlab chiqildi hamda Davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish “hrm.argos.uz” axborot tizimi bilan integratsiyalash ishlari amalga oshirildi.

III.  Davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish “hrm.argos.uz” axborot tizimida masʼullar bilan buyruq loyihalarini kelishish imkoniyatlari joriy etilib, ushbu axborot tizimi orqali ariza va buyruqlarni shakllantirish hamda “vacancy.argos.uz” portali bilan integratsiya jarayonlari yakunlandi. 

IV. Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Yagona onlayn masofaviy taʼlim “edu.argos.uz” platformasining dastlabki shakli ishlab chiqilib, yana-da takomillashtirilmoqda. Ushbu platformani tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

V. Davlat xizmatchilarining nazariy bilimlari va psixologik holatini baholash maqsadida davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish platformasi “test.argos.uz” joriy etildi. Mazkur platforma yordamida bir vaqtning o‘zida 1000 nafargacha nomzodni sinovdan  o‘tkazish  mumkin. Bugungi kunda respublika ijro etuvchi va mahalliy hokimiyat organlaridagi vakant lavozimlar uchun eʼlon qilingan tanlovlarning test bosqichida shaffoflikni taʼminlash maqsadida nomzodlar uchun Face ID tekshiruvidan o‘tish tartibi joriy etildi.  Test jarayonlarini jamoatchilik  ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishi uchun onlayn translyatsiya imkoni yaratildi.

VI. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Agentlik faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun xalqaro ekspert jalb qilindi. Ekspert hamkorligida Big Data, BI, AI texnologiyalarini davlat fuqarolik xizmati sohasiga joriy etish orqali maʼlumotlarni yig‘ish, tayyorlash, samarali tahlil qilish kabi vazifalarni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Agentlik va Koreya Respublikasi Personalni boshqarish vazirligi o‘rtasida imzolangan Bitimga asosan, O‘zbekiston davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish sohasida hamkorlik rejasi belgilandi.

Ushbu hamkorlik doirasida Koreya tajribasi asosida davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish bilan bir qatorda inson resurslarini boshqarishning elektron tizimini yana-da takomillashtirish ham rejalashtirilgan.

Chop etish