Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan brifing tashkil etildi
Unda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Agentlik tomonidan 2024-yilning o‘tgan I yarim yilligi davomida davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
I. Davlat xizmatiga eng munosiblarni tanlab olish yo‘nalishida
Vacancy.argos.uz portali orqali 70 ta vazirlik va idora hamda barcha tuman (shahar) hokimliklaridagi jami 23 254 ta vakansiyalar bo‘yicha
883 mingdan ortiq nomzodlar o‘rtasidagi tanlovlar natijasida
12 545 nafari ishga qabul qilindi.
Tanlov g‘oliblarining 4 458 nafari 30 yoshgacha bo‘lganlar, 4 393 nafari ayollar, 2 022 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlarni tashkil etadi.
Shuningdek, portal orqali vazirlik va idoralar tizimidagi tashkilotlardagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan vakant lavozimga 30 000 dan ortiq tanlov eʼlon qilinib, 1 400 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar turli darajadagi lavozimlarga ishga qabul qilindi.
II. Raqamlashtirish yo‘nalishida
a) 2023-yil 1-noyabrdan boshlab ijro hokimiyati organlarida kadrlarga oid barcha hujjatlar “hrm.argos.uz” platformasida yuritish boshlanib,
2 645 ta tashkilotlar platformaga ulandi hamda 95 mingga yaqin davlat xizmatchilarining maʼlumotlari raqamlashtirildi hamda 92 mingdan ortiq kadrlarga oid idoraviy hujjatlar tizim orqali qabul qilindi.
b) Milliy kadrlar zaxirasi “zaxira.argos.uz” axborot tizimi amaliyotga joriy etilib, 991 nafar mahalliy hokimliklar, 417 nafar davlat organlari va tashkilotlari, 1005 nafar MFY darajasidagi davlat xizmatchilari, 52 nafar faol tadbirkorlar, shuningdek 254 nafar Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchilari hamda 99 nafar “Rahbar ayollar” dasturi ishtirokchilari bo‘yicha maʼlumotlar shakllantirildi.
Ushbu axborot tizimini “hrm.argos.uz” axborot tizimi bilan integratsiyalash ishlari amalga oshirildi.
g) "Davlat xizmatchisi" mobil ilovasi amaliyotga joriy etilib, unda davlat xizmatiga oid barcha maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Ilovani o‘rtacha kunlik yuklab olish 100-150 tani tashkil etmoqda, bugunga qadar10 mingdan ziyod foydalanuvchi tomonidan yuklab olindi.
III. O‘qitish va malaka oshirish yo‘nalishida
2024-yilning yanvar-iyun oylarida turli sohalarga oid jami
69 ta o‘quv kursi va 25 ta ekspress-trening tashkil etildi. Ularda jami 55 715 nafar davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etdi.
“Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun
49 204 nafar xodimlarga joylarda bir kunlik seminarlar tashkil etildi.
46 nafar faol xotin-qizlar uchun Davlat boshqaruvi akademiyasida “Rahbar ayollar maktabi” maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.
Xalq qabulxonalarida faoliyat yuritayotgan 464 nafar rahbar kadrlari uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.
Yangi tayinlangan 25 nafar tuman (shahar) hokimlari uchun ekspress-treninglar tashkil etilib, ularda 125 nafar tuman (shahar) hokimi o‘rinbosarlari hamda 662 nafar hokimliklar mutaxassislari ishtirok etdi.
ilm.argos.uz taʼlim portaliga 390 dan ortiq videomateriallar, 240 dan ortiq elektron adabiyotlar joylashtirilgan, hozirda 62 972 nafar davlat xizmatchilari tizimda ro‘yxatdan o‘tgan.
Agentlikning yangi masofaviy taʼlim platformasi (edu.argos.uz) test rejimida ishga tushirilib, yil yakuniga qadar 40 ming nafardan ortiq davlat xizmatchilarini masofaviy malakasini oshirish rejalashtirilgan.
Har juma kuni “Siyosiy-maʼrifat soati” o‘tkazilmoqda, uni 30 mingdan ortiq davlat xizmatchilari kuzatib bormoqda.
IV. Psixologik baholash va ijtimoiy tadqiqotlar yo‘nalishida
O‘tgan 6 oylikda davlat xizmatchilarining kompetensiyalari modelini ishlab chiqish bo‘yicha 7 ta vazirlik va idora, 3 ta viloyat hokimliklaridagi
147 nafar davlat xizmatchilari ishtirokida intervyular o‘tkazilib, ular asosida rahbar kadrlar uchun kompetensiyalar ro‘yxati shakllantirildi.
Salohiyatli kadrlar rezervidagi 97 nafar hokim yordamchilari va 100 nafar yoshlar yetakchilaridan testlar olinib, ularning psixologik portreti yaratildi.
116 nafar “Rahbar ayollar maktabi”ga nomzodlarni saralash bo‘yicha psixologik testlar olindi.
Tizimli muammolarni aniqlashga qaratilgan 2 ta ijtimoiy tadqiqot o‘tkazildi. Ularda 20 ming nafardan ortiq respondent qamrab olindi.
V. Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida
a) Koreya Personalni boshqarish vazirligi bilan Hamkorlik rejasi yuzasidan Bitim;
b) Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xizmati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha davlat agentligi bilan Hamkorlik bayonnomasi imzolandi;
v) Germaniya, BAA, Koreya, Xitoy, Latviya, Ozarbayjon, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda jami 14 ta xorijiy malaka oshirish kursi va xizmat safari tashkil etildi, ularda 78 nafar davlat xizmatchisi ishtirok etdi;
g) BAA Hukumati bilan hamkorlik doirasida 2024 yilda “O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturining 2-bosqichini amalga oshirish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borildi.
VI. Davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida
a) 3 ta kompleks o‘rganish va 490 ta monitoring o‘tkazilib,
2671 ta qonunbuzilishlar bo‘yicha 113 ta taqdimnoma, 79 ta maʼmuriy taklif
va 194 ta ogohlantirishlar kiritildi.
Natijada 72 ta noqonuniy buyruqlar bekor qilindi, 51 nafar xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi hamda aybdor bo‘lgan shaxslarning 57 nafari maʼmuriy va 62 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi;
b) Top-500ga kiruvchi xorijiy OTMlarni tamomlagan 7 nafar yosh mutaxassislarga ustama to‘lash bo‘yicha buzilgan huquqlari tiklanib,
71,4 mln so‘mdan ortiq mablag‘lar to‘lab berilishi taʼminlandi;
v) mahalliy hokimliklarning 5 913 nafar xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 1 137 nafari (19,2 foizi)da davolanishga bo‘lgan ehtiyoj aniqlandi hamda 1 094 nafar (96,2 foiz) xodimlar sog‘lomlashtirilishi taʼminlandi;
g) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 29 tasida hamda ularning Sirdaryo viloyatidagi 7 ta hududiy boshqarmasida faoliyat olib borayotgan jami 87 nafar xotin-qizlar uchun sinov tariqasida aprel oyidan boshlab moslashuvchan ish rejimi joriy etildi.
X. Norma ijodkorligi sohasida.
a) Davlat xizmatini rivojlantirishga qaratilgan 4 ta Prezident Farmoni va 12 ta Vazirlar Mahkamasining qarori va 1 ta farmoyishi, 1 ta idoralararo qo‘shma qaror, 1 ta tartib va 2 ta yo‘riqnoma loyihalari ishlab chiqildi.
Agentlik faoliyatiga oid yangiliklar bilan argos.uz veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishib borishingiz mumkin.