Uchqo‘rg‘on tuman hokimligida ekspress-trening: hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi

11:11 - 2 Avgust 2024 Yangiliklar
1570

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali tashabbusi bilan Uchqo‘rg‘on tuman hokimining lavozimga kirishish (adaptatsiya) jarayonini tezlashtirish, hududdagi rahbarlarning bir maqsad yo‘lida jamoa bo‘lib, samarali faoliyatlarini tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida ekspress-trening tashkil etildi.

Trening ishtirokchilariga davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yangiliklar, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari(KPI) asosida baholash tartibi, rahbar shaxsining maʼnaviy qiyofasi hamda xodimlarni samarali boshqarish mexanizmlari tushuntirildi. "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlik, natijadorlikka erishishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar berildi.

Rahbar madaniyati, turli sharoitlarda o‘zgarishlarni boshqarish usullari yuzasidan mulohazalar almashildi. Shuningdek, xalq xizmatchilariga aholi muammolari bilan manzilli ishlash, faoliyatda tizimli natijadorlikka erishish, salomatlikni asrash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Chop etish