Bugun Temir yo‘l transporti xodimlari kuni

Sohaning zahmatkash xizmatchilari, quruvchi va muhandislari, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini kasb bayramlari bilan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi jamoasi samimiy qutlaydi.
O‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi minglab yurtdoshlarimizning sidqidildan qilayotgan mehnatini qadrlaymiz.
Katta-katta maqsadlaringizni amalga oshirish yo‘lida Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, azmu shijoat tilaymiz!