vacancy.argos.uz yangi talqinda o‘z faoliyatini davom ettiradi
Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali takomillashtirib borilmoqda. Endilikda portal qulay va interaktiv formatda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Agentlik tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “hrm.argos.uz” elektron platformasi negizida Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlari yagona ochiq (vacancy.argos.uz) portalining yangi talqini ishlab chiqildi.
Nomzodlar diqqatiga! Joriy yilning 20-avgustidan boshlab, vacancy.argos.uz portalidagi eski arizalaringiz holatini portalning eski versiyasida (shaxsiy kabinetga kirganda eski versiyaga o‘tish tugmasi orqali), 20-avgustdan keyin yuborilgan arizalarni esa shaxsiy kabinetingizdagi "Mening arizalarim" bo‘limi orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Bunda portaldan ro‘yxatdan o‘tish va shaxsiy kabinetga kirish hamda vakant lavozimga ariza yo‘llash tartibi o‘zgarmaydi.
HR bo‘linmalari diqqatiga! Joriy yilning 20-avgustiga qadar portal orqali tanlovlarni eʼlon qilish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Keyinchalik tanlovlar “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali eʼlon qilinishi davom etadi.
Bunda 20-avgustga qadar eʼlon qilingan jarayondagi tanlovlarning barcha bosqichlari hozirgi portalda yakuniga yetkaziladi.