Qashqadaryoda amaliy seminar: HRM platformasidan samarali foydalanish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi

10:20 - 29 Avgust 2024 Yangiliklar
1086

Agentlikning viloyat filiali tomonidan tashkil etilgan o‘quvda tuman (shahar) hokimliklarining tashkiliy-kadrlar guruhi masʼullari, viloyat boshqarma va tashkilotlar hamda ularning tuman (shahar) bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda dastlab, hrm.argos.uz platformasiga kiritilgan yangi qulayliklar haqida to‘liq maʼlumot berildi.

Endilikda vakant lavozimga tanlov eʼlon qilishdan tortib, xodimning tashkilotdagi faoliyatini yakunlashga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar yagona elektron platformada shakllantiriladi va yuritiladi.

Ishtirokchilarga platformada vakant lavozimni shakllantirish, uni tanlovga chiqarish, nomzodlarni saralash, test va suhbat sanasini belgilash, suhbat natijasini platformada aks ettirish jarayonlari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Chop etish