O‘zbekistonda “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” axborot va kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi yirik tadbir ish boshladi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida sohadagi so‘nggi yutuqlar namoyish etilishi kutilmoqda.

Haftalik doirasida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi uchun ham maxsus burchak tashkil qilindi.
Unda tashkilot masʼullari ishtirokchilarga davlat fuqarolik xizmati sohasini raqamlashtirish, byurokratik to‘siqlarni yana-da qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish maqsadida Agentlik tomonidan yaratilgan va faoliyati takomillashtirib borilayotgan vacancy.argos.uz, hrm.argos.uz, samaradorlik.uz, zaxira.argos.uz, edu.argos.uz, my.argos.uz kabi 10 dan ortiq elektron platformalar haqida maʼlumot berishmoqda.