"Xalqparvar" ijtimoiy roligi taqdimot qilindi

09:13 - 23 Sentabr 2024 Yangiliklar
1265

Ushbu ijtimoiy rolik bir nafas to‘xtab, mulohaza qilishimiz uchun...

Bugun davlat xizmati uchun millionlar ichidan biz tanlandik! Kimdir uchun "davlat xizmati" shunchaki tushuncha! Lekin turli sohalarda sadoqat bilan ishlayotgan kadrlar bu sohaning zalvorini, sharafli yo‘l ekanligini yaxshi anglashadi.  Bugun shunday yuzlab, minglab davlat xizmatchilari sabab, turmushimiz farovon! 

Baʼzan, go‘yoki hammasi avval ham bo‘lgan yoki bo‘lishi shart deb o‘ylaymiz. Aslida bularning tagida minglab davlat xizmatchilarining ko‘rinmasdek tuyulgan mehnati mujassam bo‘ladi.  

Hurmatli davlat xizmatchisi, ushbu videorolik sizni yangi maqsadlar, yana-da rivojlanish, xalqimiz bilan hamfikr bo‘lib, shijoat bilan ishlashga undashiga ishonamiz!

Ko‘rish

Chop etish