Toshkent shahrida inson resurslarini rivojlantirishga masʼul kadrlarning malakasi oshirilmoqda
Boshqaruv kadrlarining zamonaviy talab va ehtiyojlarga moslashuvini taʼminlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Dastur Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil qilindi.

O‘quvda tuman hokimliklari, vazirlik va idoralarning hududiy boshqarma va bo‘limlarida inson resurslarini rivojlantirish va boshqarishga masʼul xodimlar ishtirok etmoqda.
O‘qitish dasturi kadrlarni rivojlanish, davlat xizmatida protokol va etiket qoidalari, xodimlarni boshqarishning zamonaviy usullari, motivatsiya va rag‘batlantirish jarayonlari, KPI tizimini joriy etish hamda samaradorlikni oshirishga yo‘naltirilgan.